Futbolda «jang» boshlandi

Futbolda «jang» boshlandi

Futbolda «jang» boshlandi: Yevropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini e’lon qildi. UYEFA esa klublar va futbolchilarga sanksiya qo‘llamoqchi.

Ispaniyaning «Real» «Barselona», «Atletiko», Italiyaning «Milan», «Inter», «Yuventus» va Angliyaning «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenhem» klublari yangi Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qilishdi.

Ushbu yangi turnirni tuzishdan maqsad sifatida UYEFAning daromadlarni bo‘lishdagi moliyaviy adolatsiz siyosati ko‘rsatilmoqda.

Yangi tuzilgan Superliga prezidenti Florentino Peres bo‘ladi. Klublar bu musobaqani tashkil eta olishsa, uning o‘yinlaridan tushadigan foyda o‘zaro teng taqsimlanadi. 

Musobaqa 15ta ta’sischi klub va mavsumdagi natijalariga ko‘ra qo‘shiladigan yana 5 jamoa (jami 20ta klub) formatida tashkil qilinishi ma’lum qilingan. 

UYEFA va FIFA bu tashabbusga qarshi. Nafaqat qarshi, hatto sanksiyalar qo‘llanishi ma’lum qilinmoqda.

ECHL va YEL yarim final o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. UYEFA yangi turnirda ishtirok etgan klublar milliy chempionatlarida qatnasha olmasligi va hattoki futbolchilarga o‘z terma jamoalarida to‘p surishni taqiqlash haqida ogohlantirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!