Futbol uchrashuvida darvozabon vaqtni cho‘zganida burchak to‘pi belgilanishi taklif etildi

Futbol uchrashuvida darvozabon vaqtni cho‘zganida burchak to‘pi belgilanishi taklif etildi

Agar darvozabon vaqtni cho‘zsa, burchak to‘pi yoki out belgilanishi mumkin.

Futbol o‘yini qoidalarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi (IFAB) darvozabonlar uchun to‘pga egalik qilish vaqti protokolini ishlab chiqdi.

Agar darvozabon to‘pni uzoq vaqt ushlab tursa, raqibga burchak to‘pi tepish yoki autdan to‘p kiritish imkoniyati berilishi mumkin.

IFAB qoidalarga taklif etilayotgan o‘zgarishlarni hakamlar amaldagi qoidaga rioya qilmayotgani bilan izohladi, qoidaga ko‘ra, agar darvozabon to‘pni 6 soniyadan ko‘proq ushlab tursa jarima belgilanishi kerak.

Yangi qoidaga ko‘ra, bu vaqtni 8 soniyagacha oshirish taklif qilinmoqda, bu vaqtni hakam darvozabon to‘pni qo‘liga olgandan boshlab hisoblay boshlaydi. Burchak yoki autdan to‘pni kiritish darvozabonga eng yaqin qanotdan amalga oshiriladi.

ESPN xabariga ko‘ra, innovasiyalar 2024—2025 yilgi mavsumda sinovdan o‘tkaziladi. IFAB o‘zgarishlarni 2025 yil oxirida muhokama qiladi va agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘sa, yangi qoida 2026—2027 yilgi mavsumdan boshlab barcha musobaqalarga tatbiq etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!