Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Adliya vazirligida Prezidentimizning «Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Unda Adliya vazirligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi rahbariyati va boshqa NNT vakillari ishtirok etib, jurnalist va blogerlarning savollariga javob berdi. Jarayonlar ancha qizg‘in o‘tdi, nafaqat vazirlik mas’ullari o‘z fikrlarini ilgari surdi balki, ikki qismda tashkil etilgan matbuot anjumani anchagina muhokamalarga boy bo‘ldi.

Ta’kidlangandek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtirildi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitusiyaga fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritildi, ular konstitusiyaviy institut sifatida e’tirof etildi, 2021 — 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Parlament hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida jamoat fondlari tuzilgan. Jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat byudjetidan so‘nggi yetti yilda 718 milliard so‘m ajratildi (2008 — 2016 yillarga solishtirganda 12 barobar ko‘p). Keyingi 3 yilda hududiy fondlar orqali 83 milliard so‘mlik 1600 ta loyiha amalga oshirildi.

Shuningdek, Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assosiasiyasi, ularning 500 ga yaqin tizim tashkilotlari to‘liq davlat homiyligiga olindi. So‘nggi 7 yilda har bir hududda «Nodavlat notijorat tashkilotlar uylari» tashkil etildi (350 ta NNT bepul joylashtirildi).

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Muhim o‘zgarishlar qatorida — nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bojlari o‘rtacha ikki barobarga pasaytirildi. Natijada fuqarolar huquqini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda, ularda 70 mingga yaqin insonlar mehnat qilmoqda.

Yuqoridagi Farmon islohotlarning uzviy davomini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Farmon bilan fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi quyidagi yangi islohotlar nazarda tutilmoqda.

Xususan, parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilliligi ta’minlanadi, byurokratiyaga chek qo‘yiladi. Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Farmonga ko‘ra, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy etilmoqda:

— har yili davlat organlari ijtimoiy buyurtma tanlovlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi;

— davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbusli ijtimoiy sheriklik loyihalarini BHMning 1 000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi beriladi;

— har yili Hukumat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosiga fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish bo‘yicha dastur qabul qiladi.

Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni ommalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga quyidagi imtiyozlar berilmoqda:

— davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirilmoqda;

— 2025 yil 1 yanvardan boshlab nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji 2 baravarga kamaytirilmoqda;

— homiylik tashkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga xayriya pulining soliq solinmaydigan miqdori amaldagi 15 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha (BHMning 100 baravari) oshirilmoqda.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Farmon fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga olib chiqadi, mazkur jarayonlar shaffofligining yuqori standartlarini belgilaydi. Eng muhimi, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi bevosita ishtiroki uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, xususan, ijtimoiy sheriklik institutini amalda rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratadi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshiradi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Matbuot anjumani davomida Prezident farmoni tushuntirilgandan so‘ng, NNT tashkilotlari va Adliya vazirligi kelgusidagi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashishdi. O‘zaro kelishgan holda yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga 10 ga yaqin qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Umuman olganda, mazkur Farmon mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar jarayonida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, xohish-iroda va intilishlarini ifoda etadigan nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasidagi jiddiy ahamiyatli qadam bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!