Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Huquqiy munosabat

Fuqarolar familiya, ismlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lib, FHDYo bo‘limlariga juda ko‘p murojaat qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 226-moddasiga asosan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Xo‘sh, fuqarolar familiya, ismlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsalar ularga qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu bo‘yicha tushuntirish berdi:

–Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3-ilovasi, ya’ni "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ga binoan familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi.

Fuqarolarning familiya yoki ismlarini o‘zgartirishlari uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Jumladan, ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi kerak bo‘ladi.

Agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirmalar, agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi hamda 1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurati zarur bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, fuqarolar ham hududiy FHDYoga yuqoridagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ushbu nizomga ko‘ra, ariza qabul qilingandan keyin uni FHDYo hududiy IIBga yuboradi.

IIB 20 kunlik muddat ichida ijobiy xulosa bergan taqdirda arizachining familiyasi o‘zgartiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!