Fuqarolarni Qozog‘istonga o‘qishga kiritaman deb chuv tushirgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi

Fuqarolarni Qozog‘istonga o‘qishga kiritaman deb chuv tushirgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi

2022 yil 06 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tuman sudi (tomonidan sudlanuvchi Sharipov Marat Matkarim o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan hukm o‘qildi.

Ish tafsilotlari ko‘ra, M.Sharipov va Panoyeva Shalola Shokirovna oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib Peshku tuman Bobohoji MFYda yashovchi Obidova Dilrabo Husniddin qizini Qozog‘iston Respublikasi “Shimkent” Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, 2020-2021 yilgi o‘qish uchun kontrakt to‘lovlari uchun 2020 yil oktyabr oyidan 2021 yil may oyiga qadar D.Obidova va uning oila a’zolaridan jami 1500 AQSh dollari (so‘mga nisbatan qiymati 15.783.000 so‘m) miqdoridagi pullarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan D.Obidovaning 1.500 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.

Bundan tashqari, M.Sharipov va Panoyeva Shalola Shokirovna oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi Baxtiyorov Ibrat G‘ayrat o‘g‘lini Qozog‘iston Respublikasi “Tibbiyot” Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, o‘qish uchun kontrakt to‘lovlari uchun 2021 yil fevral oyidan 2021 yil iyul oyiga qadar I.Baxtiyorov va uning oila a’zolaridan jami 32.000.000 so‘mlik pullarini olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan I.Baxtiyorovning 32.000.000 so‘mlik ancha miqdordagi pullarini qo‘lga kiritib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.

Sud, sudlanuvchi M.Sharipovga nisbatan jazo tayinlash masalasini muhokama qilib, uning jinoyat sodir etishdagi ishtirokchilik darajasi va rolini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, muqaddam sudlanmaganligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, onasi vafot etganligini, yetkazilgan moddiy zararni yarmidan ko‘pini qoplaganligini, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligini, ularning sudlanuvchiga nisbatan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan yengil jazo berilishini so‘rab qilgan murojaatlarini sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi
3-qismi “b” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, kunning kech soat 21:00dan ertalab soat 7:00gacha yashash joyidan chiqishni cheklagan holda 3 (uch) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, hukm bilan sudlanuvchining zimmasiga jabrlanuvchi I.Baxtiyorovga 14.500.000 so‘mni, jabrlanuvchi D.Obidovaga 700 AQSh dollariga teng 7.792.792 so‘mini 4 (to‘rt) oy muddat ichida o‘rnini qoplash majburiyati yuklandi.

Shavkat Quvvatov,

Buxoro viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

Farrux Ikramov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!