FSB Rossiyaning Kursk viloyatidagi teraktning oldini oldi

FSB Rossiyaning Kursk viloyatidagi teraktning oldini oldi

Rossiya FSB xodimlari Ukraina maxsus xizmatlari bilan kelishilgan holda teraktga tayyorlanayotgan Kursk viloyatida yashovchi fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya FSB Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bermoqda.

FSB Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Ukraina maxsus xizmatlari bilan kelishilgan holda, Kursk shahridagi infratuzilma ob’ektlarida portlashlar amalga oshirishga hozirlik ko‘rayotgan fuqaroni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hibsga olingan shaxs Rossiya Federasiyasining maxsus operasiyassini shu yo‘l bilan to‘xtatish bo‘yicha ularning qaroriga ta’sir o‘tkazish uchun “hokimiyat faoliyatini beqarorlashtirish”ni terakt orqali maqsad qilib qo‘ygan. Qo‘lga olingan shaxs jinoyat sodir etganidan keyin Ukrainaga ketish niyatida bo‘lgan.

FSB erkak o‘z aybini tan olganini ta’kidladi. Terrorchining yashash joyida portlovchi qurollar, travmatik qurollar va boshqa buyumlar musodara qilingan. Tergov qo‘mitasi “terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!