Fransiyalik o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yana 5 nafar chechen hibsga olindi

Fransiyalik o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yana 5 nafar chechen hibsga olindi

Parij yaqinida Samyuel Patining vahshiylarcha o‘ldirilishi munosabati bilan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yana besh nafar chechenistonlik hibsga olingan. Jami 14 kishi, shu jumladan voyaga yetmaganlar ham tergovga jalb qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, hibsga olingan shaxslar o‘qituvchini o‘ldirgan shaxs bilan telefon orqali gaplashganlikda gumon qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 47 yoshli tarix va geografiya o‘qituvchisi Samyuel Pati talabalarga Muhammad payg‘ambarimiz (s. a. v.)ning karikaturalarini ko‘rsatgandi. Shundan so‘ng pichoq bilan qurollangan chechenistonlik yigit unga hujum qilib, boshini tanasidan judo qildi. Hujumchi polisiya tomonidan otib o‘ldirilgan. U dekabr oyi boshida Chechenistonda dafn etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!