Fojia! Kuyov to‘yi kuni pichoqlandi, u o‘ldi

Fojia! Kuyov to‘yi kuni pichoqlandi, u o‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Aligarx shahri yaqinidagi qishloqda kuyov to‘y kuni vafot etdi. Bu haqda The Indian Express xabar bermoqda.

To‘ydan bir necha soat o‘tgach, 28 yoshli Bablu do‘stlari bilan uchrashdi. Ular allaqachon shirakayf edilar, lekin alkogolli ichimliklar yetishmasligidan shikoyat qilishni davom ettirishdi va kuyovdan ko‘proq olib kelishini xohlashdi. Lekin Bablu yetarlicha ichishganini ta’kidladi. Shunda do‘stlaridan biri xafa bo‘lib, unga pichoq urdi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilgan, ammo u olgan jarohatlaridan vafot etgan. Asosiy gumondor hibsga olingan, yana besh kishi qochishga muvaffaq bo‘lgan. Polisiya ularni qidirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!