“Faxriy fuqaro”larni ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi

“Faxriy fuqaro”larni ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (593-son, 28.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olinish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifasiga vatandosh va uning oila a’zolari ham kiritildi. 

Nizomga ko‘ra, quyidagi tartiblar joriy qilindi:

👉 tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirishda O‘zbekistonda tug‘ilgan bola ota yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim orqali ro‘yxatga olinadi;

👉 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ota-onasining ro‘yxatga olingan manziliga ro‘yxatga olinadi;

👉 chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning qarindoshlarini doimiy ro‘yxatga olishda, turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi;

👉 “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini doimiy ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan, O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!