Farg‘onada “Tracker”ga yashirilgan 25 800 AQSh dollari fosh bo‘ldi

Farg‘onada “Tracker”ga yashirilgan 25 800 AQSh dollari fosh  bo‘ldi

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy valyuta va naqd chet el valyutalarini noqonuniy ravishda olib chiqilishini oldini olish va unga chek qo‘yish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistondan qo‘shni respublikaga harakatlanayotgan fuqaro D.S. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina old o‘rindig‘ining orqa cho‘ntagida bojxona nazoratidan yashirilgan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan jami 25800 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!