Farg‘onada bo‘lgan qariyb 16 ming murojaat taqdiri...

Farg‘onada bo‘lgan qariyb 16 ming murojaat taqdiri...

Prezident tashabbusi bilan joriy yilning birinchi fevralidan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabullar natijasida yuzlab fuqarolarning yillab yechimini kutayotgan muammolari hal etilmoqda. Fikrimizni Farg‘ona viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, 2019 yilning mart-iyul oylari orasida Prezident Administrasiyasi mas’ul xodimlari, Bosh prokuratura, Oliy sud, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklar rahbar va o‘rinbosarlari, Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB direktori o‘rinbosari, shuningdek, hududiy sektor rahbarlari, viloyat, shahar va tuman davlat idoralari rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.

Sayyor qabullarda jami 15021 nafar fuqaro qabul qilindi, ulardan 15951 ta masala bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Ushbu qabullar natijalarini sohalar kesimida qaralganda, eng ko‘p murojaatlar mehnat va aholi bandligi masalalariga oid 1034 ta, uy-joy va yer ajratish masalalari bo‘yicha 1089 ta, gaz, elektr va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1163 ta, moddiy yordam ajratish masalalari bo‘yicha 1034 ta, kommunal to‘lovlar bo‘yicha 904 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 755 ta, sud-huquq masalalariga oid 684 ta, kredit ajratish masalalari 694 ta kelib tushganligini kuzatish mumkin.

Ahamiyatlisi, mazkur qabullar jarayonida muammolarning 8486 tasi (58,1%) ijobiy hal etildi. Shu bilan birgalikda, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 1459 ta (8,3%) murojaatning ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi. 6006 ta (33,6%) bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

E’tibor bering, sayyor qabullar sabab 75 nafarga yaqin mahkum shartli ravishda bo‘lsa-da, ozod etildi, uy-joyi buzilgan fuqarolarga kompensasiya to‘lab berildi, yuzlab odamlar ishga joylashtirildi, sog‘lig‘ini tiklashga qiynalayotganlarga davolanishi uchun order va yo‘llanmalar ajratildi, nogironlarga aravachalar sovg‘a qilindi, 20 kilometrdan ortiq masofaga ichimlik suv quvlari yotqizildi, 50 kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirlandi, barchasi ezgu amallar.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida nogironligi bor, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoya va uy-joyga o‘ta muhtoj fuqarolarga 123 xonadon kalitlari topshirildi.

Aytib, sanab o‘tilgan amallar so‘nggi to‘rt oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarning bir qismi xolos. Hali Farg‘onada o‘z yechimini kutayotgan, viloyat rahbarlari nazoratiga olingan talay masalalar bor. Ular ham o‘z navbati bilan yechimini topilishidan umidvormiz.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!