Farg‘ona viloyati hokimi so‘kong‘ich rahbarlarga munosabatini bildirdi

Farg‘ona viloyati hokimi so‘kong‘ich rahbarlarga munosabatini bildirdi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyatlar hokimlari qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani haqida savolga javob berdi.

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda viloyatda hokimlar qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Sizning nazaringizda, bugungi rahbar, hokim qanday bo‘lishi kerak?

Rahbar ham inson, u ham xato qilishi mumkin, ammo u hech qachon qo‘l ostidagilarni tahqirlashga qonunan ham, ma’nan ham haqli emas.

Ayrim hollarda hokimlarimizning qo‘l ostidagi xodimlarga qattiq talablar qo‘yishi uchrab turadi. Biroq rahbarda qat’iyatlik, talabchanlik yetishmasa, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshira olmaydi. Hech bir hokim ko‘ngilxushlik uchun ovozini baland ko‘tarib gapirmaydi.

Shu o‘rinda afsus bilan ta’kidlash lozimki, ayrim xodimlarimizda hali ham eski usulda faqat yuqorining topshirig‘ini kutib, hisobotdan-hisobotgacha ishlash, kunlik mayda ishlar bilan o‘ralashib yurish hollari uchraydi. Axir hududlarni kompleks rivojlantirish, pirovardida, xalqni rozi qilishda har bir soha, har bir xodimning o‘z o‘rni va hissasi bo‘lishi kerak. Har birimiz huquqlarimiz bilan birga burch va ma’suliyatimizni unutmasligimiz lozim. Bugun oldimizda juda ulkan vazifalar, yuksak marralar turibdi. Jonajon vatanimizning porloq kelajagi va taraqqiyoti uchun barchamiz jips va ahil bo‘lib, yanada g‘ayrat bilan mehnat qilishimiz har qachongidan muhimdir.​

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyev 2018 yilda selektor yig‘ilishida Oqto‘beda halok bo‘lganlarning 16 nafari istiqomat qilgan Toshloq tumani rahbariyati va aholisini haqoratlagani ijtimoiy tarmoqlarda turli muhkokamalarga sabab bo‘lgandi.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!