F-22 va F-35 qiruvchilarining «havodagi jangi» videosi e’lon qilindi (video)

F-22 va F-35 qiruvchilarining «havodagi jangi» videosi e’lon qilindi (video)

Beshinchi avlod F-22 va F-35 qiruvchilari Norvegiya osmonida havodagi jangni modellashtirdi. «RIA Novosti» mashg‘ulotlar aks etgan videoga e’tibor qaratdi.

Mashg‘ulot bahsida AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita F-22 samolyoti va Norvegiya harbiy-havo kuchlarining ikkita F-35 qiruvchisi ishtirok etdi. «Jang» NATO a’zo mamlakatlarining qo‘shma mashg‘ulotlari doirasida bo‘lib o‘tgan.

F-35 Lightning II samolyoti F-22 Raptor qiruvchisidan keyingi beshinchi avlodning ikkinchi seriyali qiruvchisi hisoblanadi. Ikkala samolyot ham Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!