Evropada "o‘lim javzosiga qarshi kurashish deklarasiyasi" qabul qilindi

Evropada "o‘lim javzosiga qarshi kurashish deklarasiyasi" qabul qilindi

Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili va Yevropa Kengashi Bosh kotibi tomonidan "Evropa va Jahon miqyosida o‘lim jazosiga qarshi birgalikda kurashish deklarasiyasi" qabul qilindi.

Unda Yevropa Kengashining 47 va Yevropa Ittifoqining 28 a’zosi 10 oktyabrni "o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni" deb e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashiga a’zo davlatlar o‘lim jazosini bekor qildi.

Deklarasiya ikki tashkilotning barcha holatlarda o‘lim jazosiga qarshi kuchli qarshiligini ta’kidlaydi

"O‘lim jazosi – insoniy qadr-qimmatga tajovuzdir. Bu shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala bo‘lib, hayotga ziddir", deydi YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini

Mogerini e’lon qilgan deklarasiyada o‘lim jazosini qo‘llashni to‘xtatishga chaqirilgan. Ushbu choralar asosan Belarus Respublikasiga qaratilgan bo‘lib, Belarus o‘lim jazosi saqlanib qolgan yagona Yevropa davlatidir.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!