Evropa kurortlaridan birida 12 kishi sayyohni yahudiy deb adashib, kaltaklagan

Evropa kurortlaridan birida 12 kishi sayyohni yahudiy deb adashib, kaltaklagan

Gresiyaning Krit orolida isroillik arab sayyohga shafqatsizlarcha hujum qilindi. Bu haqda Ynet portali xabar berdi .

17 iyul kuni nosiralik 24 yoshli Fahad Kubati Yevropa kurorti bo‘lmish qirg‘oq bo‘yidagi Maliya shahrida dam olayotgan edi. Hujumchilar uning mashinada ibroniycha musiqa chalayotganini eshitib, uni yahudiy deb hisoblashgan.


Yigitga 12 kishi hujum qilib, u ularga xochni ko‘rsatib, uni nasroniyman, deb aytmaguncha, uni shafqatsizlarcha urishdi. Shundan so‘ng, Kubati jag‘i va boshidan jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Aniqlik kiritilishicha, sayohatchi yaqinda Isroil mudofaa kuchlaridan demobilizasiya qilingan. «Bu shunchaki hujum emas, balki qotillikka urinish edi», dedi jabrlanuvchining onasi Jaklin Kubati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!