Evropa Komissiyasi samolyotlarda 5G va avtomobillarda 5 Ggs Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishni targ‘ib qiladi

Evropa Komissiyasi samolyotlarda 5G va avtomobillarda 5 Ggs Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishni targ‘ib qiladi

Evrokomissiya samolyot bortida mobil aloqa joriy etilishini e’lon qildi va parvozda 5G texnologiyasi uchun chastotalarni aniqladi.

Evropa Ittifoqi ijroiya organi matbuot xizmati samolyotlarda 5G texnologiyasini joriy etish va avtobuslarda keng polosali Wi-Fi qamrovi Yevropada innovasiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini tushuntirdi.

«Evropa Ittifoqiga parvoz qilayotgan yo‘lovchilar, xuddi 5G quruqlikdagi uyali aloqa tarmog‘ida bo‘lgani kabi, o‘zlarining mobil telefonlaridan maksimal darajada foydalanishlari mumkin», - dedi Yevropa Komissiyasi.

Evropaning ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Bretonning aytishicha, 5G odamlar uchun innovasion xizmatlar va Yevropa kompaniyalari uchun rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ta tezkor, o‘tkazish qobiliyati yuqori bo‘lgan aloqa imkoniyatlari haqida gap ketganda, osmon endi chegara emas.

2008 yildan beri Komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan qarorga ko‘ra, havo kemalarida mobil aloqa uchun ma’lum chastotalar zaxiralangan bo‘lib, ular xabar almashish, telefon qo‘ng‘iroqlari va Yevropa Ittifoqiga uchadigan yo‘lovchilarga ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi. Samolyot salonida xizmatga «piko-tarmoq» deb ataladigan maxsus tarmoq uskunasi yordamida ulanish mumkin. Bu foydalanuvchilarni ulash va qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar va sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali samolyot va quruqlikdagi mobil aloqa tarmog‘i o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlarni yo‘naltirish uchun kerak.

Evropa Komissiyasi, shuningdek, 5 Ggs chastota diapazonlari bo‘yicha qarorga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu avtomashinalar va avtobuslarda Wi-Fi uchun polosalarni mavjud qiladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar avtomobillarda internet ishlashi uchun 2023 yilning 30 iyunidan kechiktirmay 5 Ggs diapazonni taqdim etishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!