Evropa anomal issiqlik to‘lqinidan aziyat chekmoqda

Evropa anomal issiqlik to‘lqinidan aziyat chekmoqda

Evropa bo‘ylab anomal issiqlik to‘lqini tarqaldi, ba’zi hududlarda harorat 40 darajaga yaqinlashmoqda.

Daily Mail xabariga qaraganda, Fransiyaning 14 shahrida allaqachon qizil xavf darajasi e’lon qilingan. Parijda, taxminlarga ko‘ra, havo harorati 40 darajagacha qizishi, Frasiya sharqida esa qurg‘oqchilik daryolar qurishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, Ispaniya ham Afrikadan kelgan issiq to‘lqinlar tufayli g‘ayritabiiy jaziramadan aziyat chekmoqda. Mamlakatdagi o‘nta avtonom hukumat yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

RTVE xabariga ko‘ra, Andalusiya, Kastiliya-La-Mancha, Kataloniya, Madrid, Mursia, Valensiya, shuningdek, Balear orollari 40 darajadan oshishi mumkin bo‘lgan ob-havo xavfi haqida ogohlantirilgan.

Kunning issiq paytida qariyalar va bolalarning tashqariga chiqishini taqiqlagan Rimda harorat 39 darajaga yetgan. Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘nta shaharda ob-havoning "qizil" xavf darajasini e’lon qilgan.

Havo harorati 32 darajani ko‘rsatayotgan Niderlandiyada esa gavjum plyajlar tufayli fuqarolar koronavirus tarqalishi xavfi haqida ogoh etilgan.

Ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Bolgariya va Avstriyaning bir qator shaharlarida ham g‘ayritabiiy issiq havo kuzatilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!