Estoniya Belorussiya bo‘yicha yangi sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi

Estoniya Belorussiya bo‘yicha yangi sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi

Estoniya TIV 98 ta Belorussiya rasmiylari bo‘lgan sanksiyalar ro‘yxatining kengaytirilgan holatini taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, yangi ro‘yxatdagi rasmiylar respublikadagi saylov natijalarini soxtalashtirishda, shuningdek, tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik ishlatishda "muhim rol" o‘ynashgan.

Bu haqda “en.news-front.info” xabar bermoqda.

Avvalroq, Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs  Boltiqbo‘yi davlatlari - Latviya, Litva va Estoniya tomonidan o‘z hududlariga kirishini taqiqlashni rejalashtirgan 100 ga yaqin Belorusiya rasmiylarining yangi ro‘yxatini tayyorlagani haqida ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!