Ertaga Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 24-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Bektemir tumani: «Iyk ota», «Gulbog‘», «Ustozlar» hamda «Zabardast» MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati (https://t.me/toshetk)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!