Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi (foto)

A A A
Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi (foto)

Eronda mashhur Shoh-Cherax masjidi niqob tikish fabrikasiga vaqtincha aylantirildi. Bu haqda Iran Front Page nashri xabar qildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli masjid uzoq vaqt yopiq bo‘lgan. Hukumat koronavirus infeksiyasidan himoya vositalariga talab oshgani tufayli bunday qarorga keldi.

Masjidga stol va tikuv mashinalari o‘rnatildi. Niqoblarni tayyorlash ishlariga  “Basij” harakati faollari jalb qilindi. Ayollar bu yerda ikki hafta davomida mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Masjidning boshqa binosida rezina qo‘lqoplarni tayyorlash bo‘yicha kichik sex tashkil qilindi.

Bugungi kunda Eronda 58 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 3603 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!