Erkak ijobiy sud qarori uchun prokuratura xodimiga $27,5 ming taklif qildi

Erkak ijobiy sud qarori uchun prokuratura xodimiga $27,5 ming taklif qildi

Erkak pora sifatida 7 500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda 20 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini bermoqchi bo‘lgan.

Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan 49 yoshli fuqaro I.I. jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun tergovchiga pora taklif qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytilmoqda.

 

Erkak pora sifatida 7 500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.

 

21 mayda fuqaro I.I. tergovchiga kelishilgan 27 500 AQSh dollaridan 3 000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: uznews. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!