Erdo‘g‘an islom megabanki ochishni taklif qildi

Erdo‘g‘an islom megabanki ochishni taklif qildi

Anqara islom dunyosida hamkorlikni mustahkamlash tarafdori. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sakkizta rivojlanayotgan musulmonlar mamlakatlar iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlarining 10-sammitida aytib o‘tdi.

Turkiya prezidenti «musulmon davlatlar sakkizligi» davr talablari asosida takomillashib borishi kerakligini aytdi.

«Bizning tashkilot loyihalarni amalga oshirish va aniq maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan tuzilishga aylanishi kerak. Qarorlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish uchun choralar ko‘rishimiz zarur», – dedi u.

Prezident Erdo‘g‘an faoliyati islom moliya institutlari likvidligini ta’minlashga hamda musulmon mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratiladigan islom megabankini ochish taklifini bildirdi. «Ushbu megabank onlayn platformada ish olib borishi va islom dunyosining o‘sib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qoplashi mumkin», – dedi Turkiya rahbari.

Shuningdek, Erdo‘g‘an «musulmon davlatlar sakkizligi»ni zulm va qashshoqlikka qarshi kurashayotgan Falastin, Arakan, Yaman va suriyalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
«Musulmon davlatlar sakkizligi» 1997 yil 15 iyunda tashkil etilgan. Unga Bangladesh, Misr, Indoneziya, Eron, Malayziya, Nigeriya, Pokiston va Turkiya a’zo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!