Erdo‘g‘an: "Biz kafil bo‘lamiz"

Erdo‘g‘an: "Biz kafil bo‘lamiz"

Rossiya, Turkiya va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni ta’minlash kafiliga aylanadi. Bu haqda Turkiya rahbari Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

"Biz 30 yildan beri Qorabog‘da davom etib kelayotgan adolatsizlikni yo‘q qilishga katta hissa qo‘shganmiz. Kecha men hurmatli (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin bilan telefon orqali suhbatlashdim, Qorabog‘dagi muammoni hal qilish uchun qanday choralar ko‘rilishini muhokama qildik. Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon mintaqadagi tinchlik kafiliga aylanishadi", dedi Erdo‘g‘an Turkiya parlamentida so‘zlar ekan.

10 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab olgan pozisiyalarida to‘xtashadi, keyin bir qator mintaqalar Boku nazorati ostiga o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!