Erdo‘g‘an AQShning tazyiqlariga qaramay ruslarning qiruvchi samolyotini sotib olishini ma’lum qildi

Erdo‘g‘an AQShning tazyiqlariga qaramay ruslarning qiruvchi samolyotini sotib olishini ma’lum qildi

Turkiya Rossiyaning S-400 zenit raketalar to‘plamini sotib olishdan voz kechmoqchi emas. Bu haqda davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an TGRT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

S-400ni sotib olish masalasi muhokama qilinmaydi, - degan u. Lekin AQSh bizga Patriot to‘plamini sotish bo‘yicha yaxshiroq taklif bilan chiqsa, biz bu taklifni ko‘rib chiqishimiz mumkin .

Mart oyining boshida Pentagondan Erik Pexon Turkiyaning S-400ni sotib olishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida aytgan edi. 8 mart kuni AQSh Mudofaa vazirligi atbuot kotibi Charlz Sammers mazkur xarid Anqaraga Amerikaning F-35 va Patriot qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatlarini yopishi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Shu kunning o‘zida Turkiya harbiy qo‘shinlari boshlig‘i Xulus Akar S-400ni tarqatish shu yilning oktyabr oyida boshlanishini tasdiqlagan.

S-400 samolyotlarini Anqaraga yetkazish bo‘yicha kelishuvga 2017 yilning sentyabrida erishilgan edi. Mazkur shartnoma miqdori 2,5 milliard dollarni tashkil etib, uning yarmi Rossiya krediti hisobiga qoplanadi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!