Endi sudlangan shaxs shahvoniy ehtiyojini pasaytiradigan preparatlarni iste’mol qilishga majburlanadi

Endi sudlangan shaxs shahvoniy ehtiyojini pasaytiradigan preparatlarni iste’mol qilishga majburlanadi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida pedofilga nisbatan qo‘llaniladigan birinchi kimyoviy kastrasiya qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.

2016 yil aprelda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bolalar huquqi himoya qilishga qaratilgan qonunchilikka ko‘plab o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan hujjatlarni imzoladi.

Bu normalarning bir qismi, shu jumladan, kimyoviy kastrasiya 2018 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, sud qaroriga asosan sudlangan shaxs shahvoniy ehtiyojini pasaytiradigan preparatlarni iste’mol qilishga majburlanadi. Bu norma voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish bo‘yicha jinoiy huquqbuzarlik sodir etgan, 18 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.    

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shahvoniy istakni kamaytiradigan choralar sud qarori asosida tibbiyot tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun 2018 yilda davlat byudjetidan 27 ming dollar ajratilgan.

Bir nafar shaxsni kimyoviy kastrasiya qilish uchun yiliga o‘rtacha 350 dollar ajratiladi.

“2018 yil 8 oy yakuni bo‘yicha Turkiston viloyatidan bir dona buyurtma kelgan. Turkiston psixnevrologiya dispanseri ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda kimyoviy kastrasiya qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - deb ta’kidlandi vazirlikda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kimyoviy kastrasiya qo‘llash qoidalarini ishlab chiqdi. Ular 2018 yil boshidan kuchga kirdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!