Dushanbeda ikki nafar narkotik sotuvchi 50 kg gashish bilan qo‘lga olindi

Dushanbeda ikki nafar narkotik sotuvchi 50 kg gashish bilan qo‘lga olindi

Dushanbe shahrining Shohmansur tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan transmilliy guruhning ikki a’zosini qo‘lga oldi, deb xabar qildi shahar Ichki ishlar vazirligi.

Gumonlanuvchilar Javlonbek Sharipov va Nozim Rahimjonovlar Istaravshan shahri aholisidir. Qo‘lga olish chog‘ida 50 kilogramm og‘irlikdagi «gashish» giyohvandlik moddasi topilib, musodara qilindi, deya ta’kidladi boshqarma.

Mazkur holat yuzasidan qo‘lga olinganlarga nisbatan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200-moddasi («Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda muomala qilish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda besh yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.

«Jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi IIV axborot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!