Durov o‘z farzandiga uzoq yillar zo‘ravonlik qilib kelgani aytilmoqda

Durov o‘z farzandiga uzoq yillar zo‘ravonlik qilib kelgani aytilmoqda

Fransiyada telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan uning farzandlaridan biriga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergov davom etmoqda. Yana bir surishtiruv AFP'ga ma’lum bo‘ldi, deb yozadi «TASS».

«Fransiyada Durovning farzandlaridan biriga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq, 28 avgust, chorshanba kuni o‘zini Durovning uch farzandining onasi deb atagan Sankt-Peterburglik Irina Bolgar 2023 yil martida Shveysariyada Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgani ma’lum bo‘lgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor 2017 yilda tug‘ilgan kenja o‘g‘liga nisbatan 2021 yildan 2022 yilgacha besh marta jismoniy zo‘ravonlik qo‘llagan. Bu bolaning jarohatlanishiga, jumladan, miya chayqalishi va uyqu muammolariga olib kelgani aytiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!