Dunyoning yirik vaksina ishlab chiqaruvchilarida xomashyo tanqisligi yuzaga kelishi mumkin

Dunyoning yirik vaksina ishlab chiqaruvchilarida xomashyo tanqisligi yuzaga kelishi mumkin

Vaksinasiya muammosi. O‘tgan hafta COVID-19 vaksinasining milliardinchi dozasi ishlab chiqarildi. Navbatdagi milliardni 27 maygacha ishlab chiqarish mumkin.

Ammo AQSh muhim mahsulotlarni yetkazib bermasa, dunyoning yirik vaksina ishlab chiqaruvchilarida xomashyo tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Muammo - Bayden ma’muriyati mahalliy vaksina ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun  xomashyo va uskunalarni eksport qilishni cheklamoqda.

Nazariy jihatdan, dunyo bu yil 14 milliard doza vaksina ishlab chiqarishi mumkin. Ammo buning uchun xomashyo kerak bo‘lgan joyga kerak paytda yetib borishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!