Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilda sotuvga chiqadi

Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilda sotuvga chiqadi

Fransiyaning Carmat kompaniyasi dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurakni sotishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Qurilma yurak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar uchun yurak transplantasiyasining o‘tish davri sifatida ishlatiladi.

«Carmat sun’iy yuragi juda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. 2030 yilga kelib Yevropada yillik savdo hajmi 700 mln yevroni tashkil qilishi kutilmoqda», — dedi Portzamparc tahlilchisi Mohamed Kaabuni.

Sotuvlar 2021 yilning ikkinchi choragida boshlanishi mumkin. Kompaniya Yevropa regulyatorlaridan kerakli ruxsatnomalarni oldi.

Sun’iy yurakni yaratish bo‘yicha ishlar 27 yil oldin boshlangan edi. 1993 yilda kardiojarroh Alen Karpentye ushbu g‘oyani fransuz sanoatchisi Jan-Lyuk Lagarderga namoyish etdi. Matra aerokosmik uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi Lagarder Carpentyega bir nechta laboratoriya va muhandislarni taqdim etdi. Ushbu loyiha yillar davomida rivojlanib bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!