Dunyo mamlakatlarining umumiy davlat qarzi qancha?

Dunyo mamlakatlarining umumiy davlat qarzi qancha?

Dunyodagi barcha mamlakatlarning umumiy davlat qarzi 88 trillion dollarga yetdi. Bu dunyo YAIMning qariyb 100 foizini tashkil etadi, deb ma’lum qildi Xalqaro valyuta jamg‘armasining byudjet masalalari bo‘yicha departamenti direktori Vitor Gaspar.

«Hozirda davlat qarzi 88 trillion dollarni tashkil etmoqda, bu YAIMning 100 foiziga yaqin. 2021 va 2022 yillarda davlat qarzi YAIMning 1 foiziga kamayishi kutilmoqda», — dedi u.

Qayd etilishicha, mamlakatlar suveren qarzlar o‘sishi fonida o‘z byudjet-soliq siyosatini har bir mintaqaning o‘ziga xos holatiga moslashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!