Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota muomalaga chiqarila boshladi. Banknota 0,1 gramm 24 karatlik oltindan iborat qog‘ozdan tayyorlangan bo‘lib, unda Dubaydagi diqqatga sazovor joylar tasvirlangan.

“Barcha pullar singari, u ham o‘z seriya raqamiga ega, lekin to‘lov vositasi emas — bu kolleksiyali suvenir hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jeweler” magazinlarida mavjud. Ularni “Dian Jeweller” veb-saytida ham onlayn xarid qilish mumkin. Ularning har biri 159 dirham (taxminan 40 evro) turadi va esdalik muqovasi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!