Dubayda janjalga guvoh bo‘lgan qiz qamaldi. Nega?

Dubayda janjalga guvoh bo‘lgan qiz qamaldi. Nega?

Buyuk Britaniyalik qiz tasodifan Dubaydagi mehmonxonada sodir etilgan mushtlashuvga guvoh bo‘lganligi uchun 3 oyga qamaldi, deya xabar berdi “Mirror”.

22 yoshli Asa Xatchinson do‘stlari bilan birga mehmonxona hollida uxlab yotgan mast odamni ko‘radi va u bilan birga suratga tushmoqchi bo‘ladi. Shvesiyalik 54 yoshli menejer buni ko‘rib, ularga hujum qilishga urinadi. Mushtlashuv natijasida ular menejerning burnini, qo‘l barmoqlarini va oyog‘ini sindiradilar. Qiz esa o‘sha paytda jabrlanuvchining singan ko‘zoynagini axlatga tashlaydi, xolos.

Qiz bu mushtlashuvda ishtirok etmaganiga qaramasdan, 3 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Vataniga qaytib kelgandan so‘ng unga hujum qilish va ko‘zoynakni o‘g‘irlash ayblovlari qo‘yildi. Tergov sud hukmi chiqarilishidan oldin ikki yildan ortiq davom etdi.

Asaning advokatlarining ta’kidlashicha, unga bosim o‘tkazishgan. Arab tilida yozilgan huquqiy hujjatlarga imzo chekishga majbur bo‘lgan, aks holda uni qamatamiz, deya tahdid qilishgan. Endi sudlanuvchining ota-onasi adolat uchun kurashmoqda va Britaniya hukumatini qizlariga yordam berishga chaqirishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!