Dubayda dunyodagi eng chuqur va sarguzashtlarga boy basseyn ochildi (video)

Dubayda dunyodagi eng chuqur va sarguzashtlarga boy basseyn ochildi (video)

BAAda ochilgan Deep Dive Dubai nomli basseyn dunyodagi eng chuqur deb tan olindi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning chuqurligi 60 metr. Uni to‘ldirish uchun kamida 14 million litr suv kerak, deb yozadi The National News.

Tashqarida oddiy mehmonlar uchun 80 o‘rindiq va bir nechta kuzatuv maydonchalari mavjud. Basseyn qa’rida uzun va g‘aroyib yo‘lak yuo‘dib, unga tushgan sho‘ng‘uvchilari o‘zlarini qadimiy "G‘arq bo‘lgan shahar"da ko‘rishadi.

Basseynda kvartiralar va hashamatli kabriolet, o‘yin avtomatlari va hatto bilyard stoli mavjud. Barcha rekvizitlar diqqat bilan o‘ylangan va o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. Bundan tashqari, ikki o‘rinda quruqlikdan iborat xonalar va 56 kamera mavjud. Butun makon tovush va yoritish uchun mas’ul bo‘lgan turli xil tizimlar bilan boytilgan.

Yangi basseyn sho‘ng‘ish mashqlari uchun ham, sayyohlarning dam olishlari uchun ham ishlaydi. Deep Dive Dubai-da ishlatilgan texnologiyalar qatoriga NASA tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar ham kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!