Donald Tramp Boltiqbo‘yi mamlakatlarni Bolqon davlatlari bilan adashtirib yubordi

Donald Tramp Boltiqbo‘yi mamlakatlarni Bolqon davlatlari bilan adashtirib yubordi

AQSh prezidenti Donald Tramp Litva, Latviya va Estoniyani o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshida Yugoslaviyaning bo‘linib ketishiga olib kelgan urushni uyushtirgani uchun tanqid qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, Tramp aprel oyida Oq uyda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte, Latviya prezidenti Raymond Veyonis va Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd bilan uchrashuv chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘ygan.

Boltiq yetakchilari Tramp ularni nimada ayblayotganini tushunolmay turgan. Tramp Boltiqbo‘yi mamlakatlarni Bolqon davlatlari bilan adashtirib yuborganini anglash uchun ularga biroz vaqt kerak bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Trampning rafiqasi Melaniya asli Yugoslaviyaning bir qismi bo‘lgan Sloveniyadan ekanligini hisobga olganda, uning xatosi yanada hayratlanarliroqdir.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!