Diqqat! Toshkentda 13 yoshli qiz qidirilmoqda

Diqqat! Toshkentda 13 yoshli qiz qidirilmoqda

Toshkentda 2007 yilda tug‘ilgan qiz qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

"2007 yilda tug‘ilgan Bahriddinova Odina Qayum qizi joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 10.45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. 

Belgilari: bo‘yi 150 sm., sochlari to‘q jigar rang, yuzi yumaloq, ko‘zlari qora. Kiyimlari: qora kalta ko‘ylak, oyoqlariga “bosonojka” kiygan.

Qidiruvga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: 71-232-30-40, 71-232-40-50, 71-278-58-40 yoki 102, shuningdek qizning qarindoshlarining raqamlari: 99-646-85-03, 91-548-67-47, 99-842-60-11", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!