«Devdas» filmi yulduzi — aktrisa Kirron Kher suyak iligi saratoniga chalindi

«Devdas» filmi yulduzi — aktrisa Kirron Kher suyak iligi saratoniga chalindi

Mashhur aktyor Anupam Kherning rafiqasi — 68 yoshli Bollivud aktrisasi Kirron Kher suyak iligi saratoni kasalligiga chalindi. Bu haqda aktrisaning turmush o‘rtog‘i o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Anupam ayolining kasalligini tasdiqlagan holda, u hozir davolanayotganini hamda rafiqasi bu kasallikdan qutulib ketishiga ishonishini aytgan.

Kirron Kher mahoratli Bollivud aktrisasi bo‘lib, o‘zbek tomoshabinlariga «Devdas» va «Om Shanti Om» filmlaridagi ijrosi bilan yaxshi tanish.

«Devdas» filmi yulduzi — aktrisa Kirron Kher suyak iligi saratoniga chalindi

Foto: Getty Images

So‘nggi yillarda aktrisa televizion realiti-shoularda hakam sifatida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, u 2014 yilda BJP xalq partiyasiga qo‘shilgan holda siyosiy maydonga ham qadam qo‘ygan.

Avvalroq Munnaboy rolini ijro etgan hind aktyori Sanjay Dattga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!