Deputat xotinini otib qo‘ydi

Deputat xotinini otib qo‘ydi

RF Chelyabinsk oblasti Lokomotiv shahar kengashi deputati xotinini o‘ldirganlikda gumon qilinib qamoqqa olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi xabariga ko‘ra, qotillik 21 avgust kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergan.

Ham  mahalliy shifoxona bosh shifokori bo‘lgan deputat maishiy janjal tufayli ov miltig‘idan turmush o‘rtog‘iga qarata bir necha bor o‘q uzgan. Oqibatda ayol hayotdan ko‘z yumgan.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!