Delta-shtamm 111 ta mamlakatda aniqlandi

Delta-shtamm 111 ta mamlakatda aniqlandi

Birinchi marta Hindistonda aniqlangan delta shtammi kamida 111 ta mamlakat va hududlarda qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Koronavirusning boshqa shtammlari bo‘yicha jahon statistikasi quyidagicha ko‘rinishda: alfa-shtamm («britancha») 178 ta; beta variant («janubiy afrikacha») — 123 ta; gamma shtammi («braziliyacha») esa 75 ta mamlakat va hududlarda aniqlangan.

JSST ma’lum qilishicha, so‘nggi bir hafta ichida (5—11 iyul) dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar o‘tgan haftaga nisbatan 10 foizga ko‘payishi kuzatilgan. Haftalik ko‘rsatkich 2 996 465 kishiga yetdi. Butun dunyoda kasallanish darajasi o‘sdi, har kuni o‘rtacha 400 mingdan ortiq ko‘rsatkich qayd etildi (o‘tgan hafta bu ko‘rsatkich 370 mingtaga teng edi). O‘limlar soni 3 foizga oshib, 55 830 tani tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!