Dahshat! Namanganlik ayol jaz­mani bilan birgalikda erini o‘ldirib, Qozog‘istonga qochib ketgani rostmi?

Dahshat! Namanganlik ayol jaz­mani bilan birgalikda erini o‘ldirib, Qozog‘istonga qochib ketgani rostmi?

Yaqinda internet tarmoqla rida Namanganlik ayol jaz mani bilan birgalikda erini o‘ldirib, Qozog‘istonga qochib ketgani haqida shov-shuvli, vahimali xabarlar tarqal di. Xabarlarga ko‘ra, yanvar oyining oxirgi kunlari Chortoqda tog‘ni ursa talqon qiladigan yigit bir kechada dom-daraksiz yo‘qolgan, to‘rt kundan so‘ng uning jasadi kanaldan topilgan. Yigit ning yostiqdoshi esa erining qarindoshi bilan qochib ket gan. Aqlga sig‘maydigan, o‘zbek oilasiga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mishlar.

Bu holatga aniqlik kiri tish maqsadida Fuqarolar ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvo fiqlashtirish bo‘yicha Chortoq tumani kengashi mutasaddila riga uchrashdik.

Darhaqiqat, shunga yaqin voqea ro‘y berdi, dey di kengash raisining o‘rin bosari Sabohat Umarova. Bu bo‘yicha huquqni mu hofaza etuvchi idoralar ter gov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Dastlabki olingan ma’lumotlar asosida biz ham voqea yuz bergan ma halla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldik, o‘rgandik. Ochig‘i, er- xotin yashagan mahalla boshqa, qotillik sodir etilgan ma halla boshqa, jinoyat quroli topilgan hudud tamoman o‘zga. Tergov-surishtiruv ishlariga xalaqit bermaslik maqsadida aniq manzil hamda ism-sha riflarni hozircha ochiqlaga nimiz yo‘q.

Qabohat yo‘liga qadam

Shundan so‘ng voqea tafsi lotlari bayon etilgan tezkor ma’lumotlar bilan tanish dik: Dilmurod (maqoladagi barcha ismlar o‘zgartirilgan) va Nigora 30 yoshni urib qo‘y gan eru xotin, o‘z xohishla ri bilan turmush qurishgan. Ahil-inoq yashayotgan bu juft likning shirindan-shakar 2 nafar farzandi bor. Lekin nima bo‘ldiyu, oxirgi bir oy ichida Dilmurodning ko‘ngli ga shubha oraladi. U yostiq doshini o‘z amakisining o‘g‘li Valiga rashk qila boshladi. Balki bunga qandaydir sabab lari bo‘lgandir. Bu masalaga hali vaqti kelib oydinlik kiritiladi. Lekin rashk tu fayli aynan boshlangan jan jal shu yilning 18 yanvar kuni avjiga chiqdi.

O‘sha kuni Dilmurodning biroz kayfi bor edi. Uyiga kelib, yana turmush o‘rtog‘ini qiyin-qistovga oldi. Nigo ra esa uyidan chiqib ketdi. Er uning ortidan qidirishga tushdi. Shunda jiyani Vali unga qo‘ng‘iroq qilib, gap lashib olish uchun o‘z uyiga chaqirdi. Afsuski, bu yerda uni ajal kutib turgan edi. Amakisining uyida janjal kuchayib, vaziyat jiddiylash di. Buni oldindan taxmin qilgan Vali xolasining o‘g‘li Malikka temir bolta berib, Dilmurod kelib, janjal qi lishi bilan uning bosh qis miga bolta bilan qasddan urishi haqida ko‘rsatma ber gandi. Soat 21:30 larda ama kisining uyiga kirib kelgan Dilmurod turmush o‘rtog‘i Nigora va Vali o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarni ama kisi Xakim bilan muhokama qilayotgan vaqtida Vali ham janjalga aralashdi. Shu payt Malik payt poylab qo‘lidagi temir bolta bilan Dilmurod ning boshiga bir marta urdi. Dilmurod muvozanatini yo‘ qotgach amakisi Hakim ham boltani olib, Dilmurodning boshiga 2 marta urdi. Yerga yiqilgandan so‘ng ham Vali yigitning boshiga qasddan tepgan. Bu kabi zarbalar na tijasida Dilmurod voqea joyida vafot etdi. Shundan so‘ng ota-o‘g‘il va jiyan jinoyat izlarini yashirish maqsadida jasadni ko‘rpaga va polieti len qopga o‘rab, o‘zlarining avtomashinasi yukxonasiga solishadi va Namangan shahar Mashad mahallasi hudu didan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab yuborishadi. Jinoyat quroli temir boltani esa Chortoq tumani Gulshan mahallasi hududidan oqib o‘tgan Chor toq soy arig‘i qirg‘og‘iga uloqtirishadi.

Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora

Dilmurod bedarak yo‘qol ganidan tashvishlangan ota si oradan ma’lum vaqt o‘tgach, tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Marhumning jasadi esa shu yil 27 yanvar kuni Shimoliy Farg‘ona kanalining To‘raqo‘r g‘on tumanidan oqib o‘tuvchi hududidan ko‘rpa va polieti lenga o‘ralgan holatda tan ja rohatlari bilan topilgan.

Xullas, voqeaning qisqacha tafsiloti shunday. Mazkur holat yuzasidan gumonlanuv chilarning aksariyati qo‘lga olingan. Biroq voqeaning asosiy ishtirokchilari Vali hamda Nigora tergovdan yashi rinib, Qozog‘istonga birga likda qochib ketishgan. Ular ga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Shu o‘rinda ta’kid lash joizki, mazkur jinoyat ishi viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi ish yurituviga olindi. Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha tergov Bosh pro kuratura nazoratida.

Ko‘pchilikni o‘ylantirayot gan savollar bor. Nahotki, bir oilada rashk tufayli yuz bergan davomli janjallar dan mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘sh ni bexabar bo‘lsa? Hayvoniy hirsni deb odam o‘z jigari, qondoshini o‘ldirishgacha bo radimi? Nigora (bu nom bi lan ataganimiz uchun barcha Nigora ismli xotin-qizlar dan uzr so‘raymiz) qanday tu ban ayol ekanki, turmush o‘rto g‘i, farzandlarini bosqilab, xiyonatga yuz tutsa?!

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, amakivachchasining ni kohidagi zavjasiga, ya’ni o‘z yangasiga ko‘z tikkan Vali endigina 27 yoshga qadam qo‘yayotgan, hali uylanmagan bo‘z yigit ekan. Balki bu asossiz gumondir. Qaniydi, shunday bo‘lib chiqsa! Lekin og‘iz ga tushgan ikki yoshning bu gun huquqni muxofaza etuvchi idoralardan qochib, o‘zga yurt larda birga yashirinib yurga nining o‘zi shubhali emasmi? Ishonchimiz komilki, tez ora da haqiqat yuzaga chiqadi va bir inson umriga zomin bo‘l ganlar adolatli jazoga torti ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!