Dahshat! Ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi (foto)

Dahshat! Ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi (foto)

7 noyabr kuni kechqurun Zimbabvening Manikalend provinsiyasi Rusape shahrida avtobuslar to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.

Mamlakat Teleradiouzatish korporasiyasi xabar berishicha, buning oqibatida 47 kishi halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari yosh bola ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, ayrim yo‘lovchilarning ahvoli juda og‘irligi aytilmoqda.

Ayni paytda yo‘l transporti hodisasi yuz bergan joyda huquq-tartibot idoralari tekshiruv ishlari olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!