Dahshat! Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

Dahshat! Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birida maktabning 3-sinf o‘quvchisi xuddi shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Hodisa sentyabr oyi boshida qurilishi yakuniga yetkazilmagan yer uchastkasidagi vagonda sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchisi kimdir voqeadan xabardor bo‘lsa so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgan.

Noyabr oyida o‘tkazilgan ekspertizalar hujum qilgan o‘quvchining jinoyatga aloqador ekanini tasdiqladi. O‘smir Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida (jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha aybini to‘liq tan oldi. 26 noyabr kuni unga nisbatan sudgacha uy qamog‘i gaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!