Dahshat! Ayol xonadoniga begona qizning kirishiga ruxsat berdi va burnidan ayrildi...

Dahshat! Ayol xonadoniga begona qizning kirishiga ruxsat berdi va burnidan ayrildi...

Texas shtatining fuqarosi ayolga hujum qilganlikda ayblanmoqda. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi uning burnini tishlab, bir parchasini uzib olgan, kamiga uni yutib yuborgan. Bu haqda “ABC7” xabar bermoqda.

Bu ayblovlar 41 yoshli Jessika Kollinzga qaratilgan. O‘zini Tatyana deb tanishtirgan tan jarohati olgan ayol, Kollinz bilan barda tanishganligini aytgan. Jinoyatchi u yerga qo‘shnisi bilan kelgan.

Bardan keyin uchala ayol ham Tatyananing kvartirasiga boradilar. Kollinz esa o‘z “hunari”ni ko‘rsatishni boshlaydi va ko‘proq spirtli ichimliklar, tamaki berishini talab qiladi. Tatyana bo‘lsa Jessikaning uydan chiqib ketishini so‘raydi. Bundan g‘azablangan jinoyatchi ayolni sochlaridan tortib, erga yotqizadi va burnining bir qismini tishlab uzib olib, eb qo‘yadi.

Jabrlanuvchining aytishicha, u “Tez yordam” mashinasiga tushmaguncha nima bo‘lganini tushunmagan. “Men turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilib, baqira boshladim. Mening burnim yo‘q, men 28 yoshdaman. Endi burnim yo‘q!”, deydi Tanya.

Tatyana, shuningdek, tibbiy sug‘urtasi yo‘qligi haqida ham aytib o‘tdi, shuning uchun u plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkaza olmaydi. Shifokorlar bu operasiyani ikki hafta ichida bajarish kerakligi haqida ogohlantirdilar. Jabrlanuvchining do‘stlari allaqachon pul yig‘ishni boshlab yuborishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!