COVID-12: Turkmanistonda qoramollarda noma’lum o‘pka infeksiyasi aniqlandi

COVID-12: Turkmanistonda qoramollarda noma’lum o‘pka infeksiyasi aniqlandi

Turkmanistonning Marv viloyatidagi qator tumanlarida qoramollar noma’lum o‘pka infeksiyasidan aziyat chekmoqda. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" nashri xabar bermoqda. 

Mahalliy veterenarlar noma’lum kasallikka odamlardagi COVID-19'ga qiyosan COVID-12 deb nom qo‘yib olishgan. 

Sigirlar oksitetrasiklin-200 dorisi bilan davolanmoqda. Veterinariya shifokorlari uni tovuqlarga ham berishadi, ular ham noma’lum kasallik bilan kasal bo‘lib qoladi. Kasallangan parrandalar ovozini yo‘qotmoqda - ular tumshug‘ini ochadi, lekin tovush chiqara olmaydi. Qishloq aholisining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda sigirlar va tovuqlar nobud bo‘ladi, boshqalarda ular davolanadi.

Marv viloyatida noma’lum kasallik tufayli qoramollarning ommaviy o‘limi haqida Ozodlik radiosining turkman xizmati ham xabar bergan. Chorvalarning dastlabki o‘lim holatlari ikki oy oldin qayd etilgan, ammo so‘nggi ikki haftada kasallik ko‘lami keskin oshdi. Davolash hayvonlarga yordam bermayapti.

Veterinariya shifokorlari, chorva mollarining nobud bo‘lishiga samolyotlardan dezinfeksiyalovchi vositalar sepilishi sabab bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Ular o‘tlar ustiga tushadi, sigirlar esa keyin ularni yeydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!