Chimkentlik 13 yoshli qahramon 6 va 4 yoshli bolalarni yong‘indan olib chiqdi

Chimkentlik 13 yoshli qahramon 6 va 4 yoshli bolalarni yong‘indan olib chiqdi

Chimkentda 13 yashar o‘smir hayotini xavf ostiga qo‘yib, olov ichida qolgan uydan ikki bolani olib chiqdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Uyda 3 nafar bola kattalar nazoratisiz qoldiriladi. Katta qiz tutunni ko‘rib, qo‘rqib ketadi va yordam so‘rab, qo‘shnilarning oldiga chopadi.

2005 yilda tug‘ilgan qo‘shni bola onasiga o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishni tayinlaydi, o‘zi esa ikki bola qolgan uyga kiradi. U 60 kv metr maydonni qamrab olgan yong‘indan 2013 yilda tug‘ilgan qiz va 2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolani olib chiqadi.

Shundan so‘ng alanga butun uyni qamrab oldi va uni yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar bartaraf etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!