Chaqaloq avtobusdan asfaltga quladi: ona aybdormi yoki haydovchi? (video)

Chaqaloq avtobusdan asfaltga quladi: ona aybdormi yoki haydovchi? (video)

Krasnoyarskdagi avtobusda noxush holat yuz berdi. Kolyaskadagi chaqaloq avtobus to‘xtab, eshigi ochilganida kolyaskadan pastga quladi. Ko‘pchilik darrov avtobus haydovchisini aybdor qildi.

Ammo videodan ko‘rinib turibdiki, hamma ayb onada. U avtobus to‘xtaganida telefonda gaplashayotgandi. Telefon tufayli kolyaskani omonat ushladi va avtobusdan tushirayotganda noto‘g‘ri harakat qilgani uchun chaqalog‘i asfaltga quladi. 

Ona bu holatda haydovchini ayblagan. Uning aytishicha, u chaqalog‘ini tushirayotganda avtobus yura boshlagan. Ammo ayol salonda videokuzatuv tizimi borligini bilmasdi. Kadrlarda esa hamma ayb onada ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Avtobus joyidan jilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!