Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler APLga rahbar bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler APLga rahbar bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Blerning nomzodi futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi rahbarligiga ilgari surilmoqda.

"Turon 24"ning xabar berishicha, 65 yoshli Blerning nomzodi Premyer liga klublari rahbarlarining so‘nggi uchrashuvida norasmiy ravishda muhokama qilingan. Sobiq vazirdan tashqari tashkilot rahbarligi lavozimiga nomzod sifatida BT xolding sobiq rahbari Gevin Patterson hamda Sky Sports rahbari Barni Frensis ham ko‘rsatilgan.

APLning amaldagi boshlig‘i Richard Skademor esa joriy yilning dekabrida lavozimini tark etadi.

Ma’lumot uchun, Toni Bler Leyboristlar partiyasi bilan 1997-2007 yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya hukumati tepasida bo‘lgan. Bler bosh vazirlik lavozimiga 2001- hamda 2005-yillarda qayta saylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!