Buxoroda 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan qidiruv tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni (giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) sodir qilganligi uchun 1998 yilning dekabr oyidan buyon tergov organlaridan yashirinib yurgan Buxoro shahar Tupxona ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Ulug‘bek Jamolov Rossiyaning Moskva viloyati Korolev shahrida yurganligi aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi», — deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!