Buxoro viloyatida yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlari Kuvaytga eksport qilinmoqda

Buxoro viloyatida yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlari Kuvaytga eksport qilinmoqda

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Kuvaytning "Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasi ijrochi direktori Abdurahmon Surur bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog‘ida "Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasi va Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Kompaniya ijrochi direktori Abdurahmon Sururning aytishicha, O‘zbekistonning "National Agroforte" kompaniyasi bilan respublikada yetishtirilayotgan ho‘l mevalarning Kuvaytga eksport hajmini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

"Yangi shartnomaga muvofiq, o‘zbek kompaniyasi tomonidan ho‘l mevalar, xususan gilos, o‘rik, shaftoli, sariq shaftoli, olxo‘ri, qovun va boshqalar Kuvaytga yetkazib berildi. O‘zbekistondan olib kelinayotgan ho‘l mevalar o‘ziga xos ta’mga ega, ushbu jihat o‘zbek sheriklar bilan aloqalarni kengaytirishga undamoqda", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!