Burak O‘zchivit ota bo‘ldi

Burak O‘zchivit ota bo‘ldi

Turkiyalik mashhur aktyor, yaqnda Toshkentda muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazgan Burak O‘zchivit ota bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Turkiya nashrlari.

Burak O‘zchivitning rafiqasi Faxriye Evdjen o‘g‘il farzand ko‘rgan. Bolakay sog‘lom tug‘ilgan. Bolakayga Karan deb ism qo‘yishgan. Tug‘ilgan vaqtida uning og‘irligi 3,67 kg va bo‘yi 52 smni tashkil qilgan.

Burak O‘zchivit bolasi tug‘ilish vaqti rafiqasining yonida bo‘lgan va uni qo‘llab quvvatlab turgan. Aktyor aytishiga qaraganda, u juda xavotir olgan.

Xabarday aytilishiga ko‘ra, bolakayning va aktyor rafiqasining sog‘ligi juda yaxshi. Tez kunda ular tug‘ruqxonadan chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan 2 oy oldin turkiyalik yosh aktyor Toshkenga safar qilgan va u yerda o‘z muxlislri bilan uchrashgan, Toshkent yodgorliklarini tomosha qilgan hamda master-klasslar tashkil qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!