Buloqboshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

Buloqboshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va DSQning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori M.X. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning otasiga tegishli 0,33 gektar noturar yer maydonining soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmasada, ushbu yer maydoni bo‘yicha 30 mln so‘m soliq qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berishi evaziga 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!